Masrur Usmonov - Gulim ketdi qo'shiq matni
Gulim ketdi, gulim ketdi,
Qo`lim yetmas bo`lib yetdi. (x2)
O`n besh kunlik dunyoda
Kim murodga yetdi? (x2)
Qalamdek qoshligim deymu?
Sumbul sochligim deymu? {x2}
Voy, mani o`tga solib qo`yib,
Uning qiynashini deymu? (x2)
Solib ketding firoqlarga,
Bag`rim tilib qiynoqlarda. {x2}
Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas yiroqlarga.
Mani tashlab qayon ketding?
Ketib kelmas uzoqlarga.
Voy, yetib bo`lmas uzoqlarga...
Читать также
Комментарии (0)