Xushnud - O'yna-o'yna qo'shiq matni
Marjon ko`zlari ila o`tli nigoh qarashlari,
 G`uncha lablari bilan shirin shakar kulishlari,
 Nozik qomati ila qadam tashlab yurishlari,
 O`zini oladi.
Labi-labi, lablari, qora sumbul sochlari,
 Ko`zi-ko`zi, ko`zlari qordek oppoq yuzlari.
 Nozi shirin sanam-sanam,
 Qoshi-ko`zi qalam-qalam.
O`yna-o`yna go`zal, lablaring bolday bo`lsin,
 O`yna-o`yna go`zal, ko`zlaring nurga to`lsin.
 O`yna-o`yna go`zal, o`zgacha chiroy bo`lsin,
 O`yna-o`yna, ko`rgan hasratdan yonsin. (x2)
Voy mani-mani shakarimning bo`ylaridan o`rgilay,
 Mana bu jonim olgan ikki ko`zlaridan aylanay.
 Nozi shirin sanam-sanam,
 Qoshi-ko`zi qalam-qalam.
Dona-dona so`zlarida ma'no,
 Qora-qora ko`zlarida shahlo.
 Qaddi-qomatlari a'lo,
 Bu qiz buncha bo`lmasa balo.
O`yna-o`yna go`zal, lablaring bolday bo`lsin,
 O`yna-o`yna go`zal, ko`zlaring nurga to`lsin.
 O`yna-o`yna go`zal, o`zgacha chiroy bo`lsin,
 O`yna-o`yna, ko`rgan hasratdan yonsin. (x2+x2)
O`yna-o`yna go`zal... {x3}
 O`yna-o`yna, ko`rgan hasratdan yonsin.

