Mahmud Namozov - Surxon elning bolasi qo'shiq matni
Do`mbiram o`zing quvyog`och-ay,
Bo`yningda toring bir quloch.
O`ksab, bir o`ksab so`ylagin,
Xopo egangning ko`nglin och.
Do`mbiram sayrar torminan-ay,
O`rdaklar uchadi porminan.
To umrlar o`tib ketsin-a,
O`n sakkiz yashar yorminan.
Do`mbira chaladi bobosi,
Chanqovuz chaladi momosi,
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi.
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi-ya, hay.
Setadiyov, setadi,
Setaga qo`ying jetadi, (x2)
Sedana bovu selpillab,
Oyim qizlar o`tadi. (x2)
Tomog`im tolg`i qizg`ana,
Ro`moling bolxi qizg`ana, (x2)
Boshim oylanib jig`ildim-ay,
Boshimdi suya qizg`ana. (x2)
Do`mbira chaladi bobosi,
Chanqovuz chaladi momosi, (x2)
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi. (x2)
Onovu tovding bizig`iya,
Semiz qo`ylarding jizzig`i. (x2)
Oltoylar kissamda ketdiyov,
Sevgan yorimding uzugi. (x2)
Tovlarning boshi tormoni,
Beklar minadi jo`rg`ani. (x2)
Otoy jo`ldan op keldim-ey,
Qulog`ingdagi sirg`ani. (x2)
Do`mbira chaladi bobosi,
Chanqovuz chaladi momosi, (x2)
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi. (x2)
Echkilar boqdim chachalab,
Qonniqqa bordim kechalab, (x2)
Bilagidan ushlasam-ay,
Boqiradiya chechalab. (x2)
O`toving oldi sho`ralar,
Oyog`imgaya o`ralar. (x2)
Ko`rishguncha xo`sh denglar,
O`ynab-o`sgan jo`ralar. (x2)
Do`mbira chaladi bobosi,
Chanqovuz chaladi momosi, (x2)
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi. (x2)
Shu sozlarga o`ynab o`sgan
Surxon elning bolasi-ya, hay.