Javohir va Murod - Ko'z yoshlarim qo'shiq matni

Ko`z yoshlarim bo`lib daryo,
Yo`llaringga yo`ldosh bo`larman.
Biz ajraldik, sevgi – dard go`yo,
Zorligimni qalbing bilarmi?

Bag`ritoshsan, jonim, nega?
Ozorlar berding dilimga.
Aytgim kelar og`ir botsa ham,
Shu so`zlarim, yolg`izim, senga.

Sevging yolg`onmi ayt, yorim yonimga qayt,
Qalbimni parchalab, kechganding qaysi payt?
Umrimning to`zonida yolg`izman men bugun,
Visoling dilimda, o`ylayman kun-u tun. (x2)

Yodingdami bizning sevgimiz,
Go`zal damlar, shirin orzular?
Endi ado bizning baxtimiz,
Olib ketar seni yoronlar.

Yosh to`kma sizdan ayrildim deb,
Ne bo`lsa tushlaringda borman.
Baxtingga yet yoring bilan albat,
Baxtli bo`lsang, men ham baxtiyorman.

Sevging yolg`onmi ayt, yorim yonimga qayt,
Qalbimni parchalab, kechganding qaysi payt?
Umrimning to`zonida yolg`izman men bugun,
Visoling dilimda, o`ylayman kun-u tun. (x2)

O`ylayman kun-u tun...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]