Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Yulduz Usmonova - Bolaligim seni sog'indim qo'shiq matni

Yulduz Usmonova - Bolaligim seni sog'indim qo'shiq matni

Kapalaklar bilan o`ynashib,
Sho`xliklarim anhorday toshib, (x2)
Necha fasl, necha yil oshib,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Endi umr yel kabi yelar,
Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
Bir zumgina chorlagim kelar,
Bolaligim, seni sog`indim.

Endi umr yel kabi yelar,
Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
Bir zumgina chorlagim kelar. {x2}

O`tib ketdi qanchalar bahor,
Topolmadim bir do`st vafodor, (x2)
O`zing dildosh, o`zing beg`ubor,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Murg`ak qalbim sir bermagandan,
Buncha go`zal edi bu olam,
Barcha birdek, mehribon odam,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Yomg`irlarni ichgim keladi,
Tuproqlarni kechgim keladi, (x2)
Bo`ylaringdan quchgim keladi,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Endi umr yel kabi yelar,
Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
Bir zumgina chorlagim kelar,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Bolaligim, men seni sog`indim,
Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]