Hosila Rahimova - Azizim qo'shiq matni

Dardlari ko`nglimga to`kilgan begim,
Mehri yuragimga egilgan begim. (x2)
Sog`inchi kuy bo`lib to`kilgan begim,
Azizim, jambilu rayhonimsan deng,
Azizim yuragi osmonimsan deng.
Dardlari ko`nglimga to`kilgan begim.

Yurakka g`urbatlar sanchilganida,
So`ngi yo`q tuxmatlar sanchilganida,
Ming oyoq g`iybatlar sanchilganida,
Azizim, o`ksinma, men borman deng,
Sen uchun har narsaga tayyorman deng.
Dardlari ko`nglimga to`kilgan begim.

Ushshoqqina gavdam egilib ketdi,
Boshimga osmonlar yiqilib ketdi, (x2)
Alamim bo`g`zimga tiqilib ketdi.
Azizim, borimsan, davlatimsan deng,
Azizim, ro`zg`orimga ziynatimsan deng.
Dardlari ko`nglimga to`kilgan begim.

Toki yostig`imga hijron qo`nmasdan,
Yorqin osmonimga tuman qo`nmasdan,
Yarimta ko`nglimga armon qo`nmasdan,
Azizim, bir jilmay, qurboningman deng,
Ham yaxshing, ham o`zim yomoningman deng.

Azizim, bir jilmay, qurboningman deng,
Ham yaxshing, ham o`zim yomoningman deng.

Qo`rqmay bosayotgan izlarim haqqi,
Hali aytilmagan so`zlarim haqqi,
Qo`sha qaldirg`ochdek qizlarim haqqi,
Azizim, sen mening toleimsan deng,
Yigit bo`lib topgan boyligimsan deng.
Dardlari ko`nglimga to`kilgan begim.





Похожие песни и клип

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.