Guli Asalxo'jayeva - Vatan qo'shiq matni

O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.

Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin.

Yurting bo`lsa, bir bog` bo`lsin,
Bulbullari sayrasin.
Eling bo`lsa, tili bo`lsin,
Tillar sajda aylasin.

Noming bo`lsa, sharaf bo`lsin,
Har yaxshining dildoshi.
Diling bo`lsa, qo`shiq bo`lsin,
Musichaning sirdoshi.

O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.
Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin. (x2)

Joning bo`lsa, sadqa bo`lsin
E'tiqoding ko`yida.
Oring bo`lsa, qilich bo`lsin
Xiyonatning to`yida.

O`g`ling bo`lsa, polvon bo`lsin,
Yelkasida Vatani.
Qizing bo`lsa, bir gul bo`lsin,
Quchog`ida chamani.
Baxting bo`lsa, bir oy bo`lsin,
Nurlarida chulg`ongin.
Yoring bo`lsa, joning bo`lsin,
Tomirida uyg`ongin. (x2)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Guli Asalxo'jayeva - Vatan qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo'lsin qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:36Скачать
Rayhon - Kelinchak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Ulug`bek Holiqov - Bu kechada qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:08Скачать
Tohir Usmonov - Bayram muborak bo’lsin qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:07Скачать
Hosila Rahimova - Tilak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:36Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.