Otabek Mutalxo'jaev - Shu xalq uchun qo'shiq matni
Sen kerakli odam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun.
Xalq dardiga malham bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x2)
Atrofingda ming bir tashna,
Bo`lolmasang gar chashma,
Hech bo`lmasa shabnam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x2)
Ey ko`ngil, aylab navo,
Insonlik qilding da'vo,
Sen kerakli odam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x2)
Xudpisand uch-to`rt “dono”,
Chiqib deydi: “Manim dunyo”,
Mayli do`stim, bir kam bo`l,
Mayli do`stim, bir kam bo`l. (x2)
Yetmay nuri haqiqat,
Kimlardir hanuz karaxt,
Zulmat aro sen sham bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x2)
Ey ko`ngil, aylab navo,
Insoniylik qilding da'vo,
Sen kerakli odam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x2)
Sen kerakli odam bo`l, {x2}
Xalq dardiga malham bo`l. {x2}
Sen kerakli odam bo`l, {x2}
Xalq dardiga malham bo`l. {x2}
Ey ko`ngil, aylab navo,
Insoniylik qilding da'vo,
Sen kerakli odam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun. (x4)
Sen kerakli odam bo`l...
Sen kerakli odam bo`l,
Shu xalq uchun, shu xalq uchun.