Munisa Rizayeva - Vatan qo'shiq matni

Qalbimning to`rida go`zal siyrating,
Ko`zim gavharida surating turar,
Bag`ringdagi otash shu harorating,
Boladek erkalab, dilni yayratar.

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

Yiroqda musofir millatdoshimning
Kuyuk nolasida ko`raman seni.
Yo`limga boqqanda har yurtdoshimning
Suyuk bolasida ko`raman seni.

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

Dilkash og`ushingda erkin yashasam,
Men yana nimani kutayin sendan?
Sen ham yuragimda mangu yashaysan,
Suyanchim, sevinchim, azizim Vatan. {x2}

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur. (x2)





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Sardor Rahimxon - Vatan qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:39Скачать
Safiya Saftarova - Vatan yagonadir qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:35Скачать
Shahzoda - Keragimsan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:26Скачать
Rayhon - So’naman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:24Скачать
Jasur Umirov - Kechir qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:39Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.