Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Adham Soliyev - Yurtboshimizni asra Parvardigor qo'shiq matni

Adham Soliyev - Yurtboshimizni asra Parvardigor qo'shiq matni

Sabr bilan o`tdi yillar qator-qator,
Azoblarda kelib ketdi, qishu bahor.
O`zbegimning bekligini qaytib bergan
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Yurtim deya, elim deya, joni fido,
O`zbekiston ko`ksidagi bitta tumor,
Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Dunyolarga diyorimni tanitganim,
Har ko`ngilga bera olgan shon-iftixor,
Ey Xudoyim, quvonmasin aslo g`anim,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Yana qayda yashash mumkin emin-erkin?
Shu o`lkadek tinch mamlakat qaylarda bor?
Kerak bo`lsa, mening umrim qo`shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Kerak bo`lsa, mening umrim qo`shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!

Bilaman, bu yurtni suygaydir Olloh,
Bu Vatan, vatanlar ichra gul dargoh,
Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
Shoningiz kerakdir, O`zbekistonga!

Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
O`zingiz kerakdir, O`zbekistonga!

Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor! {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]