Yagona - Shalolasan Vatan qo'shiq matni
Bag`rim bersam yerlarga,
Qizg`aldoqlar kuch olar.
Dardim aytsam yellarga,
Dardi yo`qdan o`ch olar.
Non oqizoq o`ynagan
Ariqlarning bo`yida,
Yurtim seni kuyladim
Yalpizlarning tilida.
Karkas ro`mol o`ragan
Momolarim sevgan yurt,
Yetti iqlim so`ragan
Bobolarim kezgan yurt.
Dushman kelsa, palahmon
Toshi otgan polvonim,
Baland tog`lar boshida
Na'ra tortgan tarlonim.
Qo`lingni och duoga,
Shukrona ayt to`y uchun.
Tiniq osmon, tinch elga
Bayram uchun, kuy uchun.
Yurtboshim tog`day tayanch
Har xonadon, uy uchun.
Baxtdan rang olgan shu'ur,
Nurtolasan Vatan.
Jaloliddin kezgan qir,
Shalolasan Vatan.
To`marisning qalbidan
Chiqqan cho`g`san, olovsan.
Kubrolarning qo`lida
Qolgan tig`san, yalovsan.
Barchinoylar ko`ksida
Qolgan zebigardonim.
Olmosdan tarozi oz
Senga O`zbekistonim.
Xalqim desa, tanlari
Titrab turgan bu jonim.
Yurtim uchun jon bergan
Misli Shiroq cho`ponim.
Chingizlarning qo`lida
Uzilgan dur, marjonim.
Baxtdan rang olgan shu'ur,
Nurtolasan Vatan.
Bobolarim kezgan qir,
Shalolasan Vatan.
Baxtdan rang olgan shu'ur,
Nurtolasan Vatan.
Qo`lingni och duoga,
Shukrona ayt to`y uchun.
Tiniq osmon, tinch elga
Bayram uchun, kuy uchun.
Yurtboshim tog`day tayanch
Har xonadon, uy uchun.
Baxtdan rang olgan shu'ur,
Nurtolasan Vatan.
Jaloliddin kezgan qir,
Shalolasan Vatan.
Baxtdan rang olgan shu'ur,
Nurtolasan Vatan.
Bobolarim kezgan qir,
Shalolasan Vatan.