Sherali Jo'rayev - Dunyoni qizg'onma qo'shiq matni

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Men sening ko`changdan-a o`tmasman zinhor.
Bu olamda mening ham o`z aytar so`zim
Va o`zim sig`inar azizlarim bor.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog`larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Qalbingni bosmasin shubha va so`roq,
Men boshqa manzilga tikkanman ko`zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq. (x2)

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]