Shuhrat Umar - Dilpora qo'shiq matni
Dilim aylab mingpora,
 Qayga ketding, dildora?
 Ayriliqdan o`zga ayt,
 Topolmadingmi bir chora? (x2)
Bizlar endi begona,
 Yurak bo`ldi devona.
 Muhabbat bu saroyini
 Etding, gulim, vayrona.
Dilimni, dilimni, dilimni aylama,
 Qoshlaringni o`ynatma.
 Yurak bo`ldi, sarob bo`ldi,
 Endi meni izlama. (x2)
O`zi nima bo`ldi menga,
 Jonu-dilim berib unga?
 Qolib ketdimmi ishonib,
 Farg`onada tong otguncha. (x2)
Bizlar endi begona,
 Yurak bo`ldi devona.
 Muhabbat bu saroyini
 Etding, gulim, vayrona.
Dilimni, dilimni, dilimni aylama,
 Qoshlaringni o`ynatma.
 Yurak bo`ldi, sarob bo`ldi,
 Endi meni izlama. (x2+x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
