Sardor Rahimxon - Vatan qo'shiq matni
Shu kungacha qiyosingga so`z topolmadim,
Senday mehr-la boqqan ko`z topolmadim. (x2)
Dunyo kezib, bilganim shu, iqrorim shudir:
O`zim uchun sendan ulug` do`st topolmadim. (x2)
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Vafo qilmas goho aziz, chin qadrdonim,
Tashlab ketar quvonganim – davru-davronim. (x2)
Qaytmas bo`lib ketdi yoshlik, eng shirin onim,
O`zim uchun sendan ulug` do`st topolmadim. (x2)
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Ko`rdim shohday mag`rur yurgan bolalaringni,
Ko`zga suray baxtdan to`kkan jolalaringni. (x2)
Seni asrar duolari onalaringni,
O`zim uchun sendan ulug` do`st topolmadim. {x2}
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Mohitabonim, tanamda jonim,
Shirin zabonim, azizim Vatan.
Vatan...