Shohruz - Atirgul qo'shiq matni
Bilsang agar, maning g`ururim
O`sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!
Seni ko`rdim ilk marotaba yomg`irda,
Sen beg`ubor eding, juda go`zal eding.
Sevib qoldim seni, jonim, men o`shanda,
Yomg`ir yog`ar edi, nenidir bilar edim.
Sevgi izhorim aytdim shunda men yuzingga,
Sen uyalar eding, sirli boqar eding.
G`am ko`rmagan yurakni ishondim senga,
Vaqtlar o`tib, sen ham aytding sevishingni menga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo`limda, sen ketding o`zgaga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo`limda, sen ketding o`zgaga.
O`sha kuni oramizda bo`lgan gap
Mani bu darajada almashib ketishingga arzimasdi!
Bilmadim-u nimaga bu ishni qilding, lekin
San uchun qurgan baxt qasrimni o`z qo`llaring bilan buzding.
Bilsang agar, maning g`ururim
O`sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!
Osmonimni qoplab birdan qora bulutlar,
Tomchilagan yomg`irda ko`rdim asl yuzingni.
Sen turarding o`zga bilan xuddi mendayin,
Uyalarding so`zlaridan burib yuzlaring.
Bo`lib o`tdi arzimagan so`zlar oramizda,
Bahona bo`ldimi shu meni alishishga?
Endi qanday unutay, jonim, men seni?
Atirgullar qolib ketdi qo`llarimda meni.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo`limda, sen ketding o`zgaga.
Nega endi sensiz, yuragim sensiz?
Atirgul qo`limda, sen ketding o`zgaga. (x2)
San uchun qurgan baxt qasrimni o`z qo`llaring bilan buzding.
Bilsang agar, maning g`ururim
O`sha man qurgan muhabbat qasridan ustunroq keldi!