Nasiba Abdullaeva - Sevgi bahori qo'shiq matni

Gullar tutding sen, keldi dilga bahor,
Sevgi bahori, baxt quyoshi bilan.
Gullaringga tashakkur, jonginam, ming bor,
Ko`zlarimga bu olam bo`lmish bir chaman.

Sevgi bahori – eng go`zal bahor,
Ko`ngil gulzori so`lmagay zinhor.
Sevgi bahori dillarda yashnagay mangu,
Sevgi bahori dunyoda sen bilan men, u.

Sevgan dil bilan yo`l bo`lur ravon,
Ravon yo`l bilan umr charog`on.
Etsam dil bayon, bo`lsang sirdoshim,
O`tsang yonma-yon, do`stim, yo`ldoshim.

Etsam dil bayon, bo`lsang sirdoshim,
Bo`lsang yonma-yon, do`stim, yo`ldoshim.

Sevgi bahori – eng go`zal bahor,
Ko`ngil gulzori so`lmagay zinhor.
Sevgi bahori dillarda yashnagay mangu,
Sevgi bahori dunyoda sen bilan men, u.

Sevgi bahori – ikki dil kuylashsa,
Muhabbat tori shirin jaranglagay.
Samo bag`rida yulduzlar mayin so`ylashsa,
Oshiq ko`zlari kamalak ranglar anglagay.

Sevgi bahori – eng go`zal bahor,
Ko`ngil gulzori so`lmagay zinhor.
Sevgi bahori dillarda yashnagay mangu,
Sevgi bahori dunyoda sen bilan men, u.

Sevgi bahori dillarda yashnagay mangu,
Sevgi bahori dunyoda sen bilan men, u. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru