Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga qo'shiq matni

Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga qo'shiq matni

Nimani ko`rgandi dunyoga kelib?
Ko`rgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)
Bolam, degim keldi ko`nglim ezilib, {x2}
Yo`rgagi kafanlik bo`lgan bolajon.

Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating ko`z yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)
Balki qo`g`irchog`ing kutar diydoring, {x2}
Qo`g`irchog`idan ham umri oz bolam.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig`iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Qo`lingga qurolmas, ko`p o`yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg`akkina jon. (x2)
Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig`iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq ko`zlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]