Alisher Fayz - Charxpalak qo'shiq matni
Anhor suvi aylantirar charxpalakni qayta-qayta,
Suluvlarga yor-yor kelar baxtidan bayt ayta-ayta.
Yetti buloq suvi tiniq, yuzin yuvar majnuntollar,
Bog`lar aro yangrar yana tanovor hamda gulyorlar,
Bunda quvnar sevinch ila shu vatanga mehri borlar. {x2}
Ko`zlarimda porlar sevinch qora ko`zlar mehrin ko`rib,
Dilda umid gullar ochar ko`ngil bog`in baxtga ko`mib.
Oshiqlari visol qurar qo`shchinorning soyasida,
Orzulari chaqnab turar ko`zlarining qorasida,
Baxtga to`lib kunlar o`tar ikki daryo orasida.
Anhor suvi aylantirar charxpalakni qayta-qayta,
Suluvlarga yor-yor kelar baxtidan bayt ayta-ayta.
Anhorlarga olma otsam, mavjlar bilan o`ynashadi,
Go`zal qizlar kelin bo`lib salom qilsa yarashadi.
Yetti buloq suvi tiniq, yuzin yuvar majnuntollar,
Bog`lar aro yangrar yana tanovor hamda gulyorlar,
Bunda quvnar sevinch ila shu vatanga mehri borlar. {x2}