Dildora Niyozova - O'zbekiston qo'shiq matni

Onajonlar allasin tinch aytmoq uchun,
Bolajonlar shirin tushlar ko`rmoq uchun,
Haqqing bordir tog`day ko`ksing kermoq uchun,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Qushingning ham uyi bevaqt buzilmagay,
Yurtim deb mard taqqan kamar uzilmagay.
Yov otidan bir kaft tuproq ezilmagay,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo`l, O`zbekiston.
Bolam degan so`zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo`lolmagay, O`zbekiston,
Osmoning tinch bo`lsin O`zbekiston.

Temur bobom deganlar: Kuch – adolatda,
Samarqandu Buxorolar samovotda.
Yurtda tinchlik bo`lsa, el ham halovatda,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Ulug`beklar qo`ydi oyu ko`kka narvon,
Buyuk Ipak yo`llarida oltin karvon,
Karvon yo`li bexatardir, ulug` sarbon,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo`l, O`zbekiston.
Bolam degan so`zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo`lolmagay, O`zbekiston,
Osmoning tinch bo`lsin O`zbekiston. (x2)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Dildora Niyozova - O'zbekiston qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - O'zbekiston qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:44Скачать
Mirjamol - O'zbekiston qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:24Скачать
Yulduz Usmonova - O’zbekiston qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Serenada ijod guruhi - O’zbekiston qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:57Скачать
Husniddin Xoliqov - O’zbekiston qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:37Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.