Shahriston guruhi - Parvona qo'shiq matni
Siz tunlari bedor
 O`ylaysiz visolim,
 Man bir dili bemor,
 Jonim, sizda xayolim.
Orzularimda bedor
 Faqat sening visoling,
 San kabi man bemor,
 Ko`z o`ngimda jamoling.
Atrofimda parvona
 Tili shakarim-bolim,
 Yuragimda yagonam,
 Qalbimdagi qirolim.
Atrofimda parvonam
 Tili shakarim-bolim,
 Yuragimda yagonam,
 Qalbimdagi niholim.
Ko`zlarimga termulib,
 So`raysiz mening holim.
 Sog`inganimni bilib,
 Qiynaysiz meni, zolim.
Seni ko`rmasam agar,
 Yomon mening ahvolim.
 Oromu tinchim tugar,
 Jonim, senda xayolim.
Atrofimda parvona
 Tili shakarim-bolim,
 Yuragimda yagonam,
 Qalbimdagi qirolim.
 Atrofimda parvonam
 Tili shakarim-bolim,
 Yuragimda yagonam,
 Qalbimdagi niholim. (x1+x1)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
