Sherali Jo'rayev - Olloh-Olloh qo'shiq matni
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
 Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek. (x2)
 Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish,
 Lek anga yetmakka bormish rahnamo Qur'ondek.
Olloh-Olloh, shundayin izzat nasib etgin menga, {x2}
 Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. {x2}
Ikki dunyo borligi rostdir mudom, rostdir mudom,
 Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom, (x2)
 Bunda kim och, kimsa to`q, kimlarga ko`p sozdir mudom,
 Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
 Har kimning bosgan izi niyatiga mosdir mudom.
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
 Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek.
 Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish,
 Lek anga yetmakka bormish rahnamo Qur'ondek.
Olloh-Olloh, shundayin izzat nasib etgin menga, {x2}
 Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. {x2}
Pok yursang bu jahonda, senga shuldir toju-taxt,
 Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq, (x2)
 Jannatu do`zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt.
Pok yursang bu jahonda, senga shuldir toju-taxt,
 Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq,
 Jannatu do`zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt,
 Haq Taoloning yo`li ikki dunyoyingga baxt,
 Ushbu yo`lda kimki o`tdi, hurlar tutgay qadah.
Olloh-Olloh, shundayin izzat nasib etgin menga, {x2}
 Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga. {x3}

