Yulduz Usmonova - Devonalarmiz qo'shiq matni
Bir to`shakda, bir ko`rpada yotib yonma-yon,
 Uxlayapmiz axir, dema – begonalarmiz.
 To`shagimiz zamin bo`lsa, ko`rpamiz osmon,
 Yonboshlikni anglolmagan devonalarmiz. (x2)
Devonalarmiz, devonalarmiz,
 Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
 Sarsonalarmiz, begonalarmiz,
 Bir qorindan tug`ilsak-da begonadaymiz.
Devonalarmiz, devonalarmiz,
 Jondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
 Sarsonalarmiz, devonalarmiz,
 Bir qorindan tug`ilsak-da begonadaymiz.
Bir ildizdan ko`karganmiz, muazzam olam,
 Beshigimiz kemasida afsonalarmiz.
 Momo Havo onamizdir, otamiz – Odam,
 Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
Bani bashar oshyoni shu mitti sayyora,
 Qo`lni qo`lga bersak, go`yo marjonalarmiz.
 Tinch va totuv yashasak, baxt topgaymiz zora,
 Yolg`on so`zdan ona yig`lab, yolg`on dunyomiz.
Devonalarmiz, devonalarmiz,
 Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
 Sarsonalarmiz, begonalarmiz,
 Bir qorindan tug`ilsak-da begonadaymiz.
Devonalarmiz, devonalarmiz,
 Yondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
 Sarsonalarmiz, devonalarmiz,
 Bir qorindan tug`ilsak-da begonadaymiz.

