Sherali Jo'rayev - Chimildiq qo'shiq matni
Har bir qizning iffati durdonadur,
Chimildig`i unga davlatxonadur,
Koshonadan aziz koshonadur,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan qiz qolmasin.
Har sanamni chimildiqda yori kutsin,
Suzik-suzik, ko`zlarni zor-zori kutsin,
Qalbi olov, qatorida nori kutsin,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan zot qolmasin.
Kelinchakka jannat erur, chimildi`gim,
Tillolardan qimmat erur, chimildig`im,
Sharq qiziga sunnat erur, chimildig`im,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan qiz qolmasin.
Читать также
Комментарии (0)