Xurshid Rasulov - Yoshlik qo'shiq matni
Kechagidek yodimda bari,
 Armonlari qiynab o`tadi,
 Qaytib ketgan bahor singari
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Yoshlik, yoshlik,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Kimga yoqib baxt chirog`ini,
 Kimga tutib ishq sharobini,
 Qalbga solib so`ng firog`ini,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Yoshlik, yoshlik,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Yuzlaring gul, so`zlaring asal,
 Go`zal bo`lgin, bir umr go`zal,
 Chiroyingga bitguncha g`azal,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Bo`y egilib, oqaradi soch,
 Yomon hislar yuragimdan qoch,
 Davr ekan, do`stlar, neiloj,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Yoshlik, yoshlik,
 Yoshlik bizni tashlab ketadi. (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
