Ozodbek Nazarbekov - Orasinda qo'shiq matni

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Naysonda bulut har nechakim ko`z yoshi qildi,
Tishing kibi dur topmadi ummon orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Yuzungni ko`rub o`ftonibon gul qochar erdi,
Miskin yugura olmadi tikon orasinda.

La'li uchun o`lsam, yasangiz to`ti gilimdin,
To yetsam uchib ul shakariston orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Bu Lutfiyni usruk qaroqing ulturur erdi,
Ul g`amza o`qi kirdi bukun jon orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Horuttek agar sehr qilmas meni shaydo,
Xoling netar ul chohi zanaxdon orasinda?

Jon berguchi og`zing-u tishing turfa-u oliy,
Kim, ko`rdi guhar chashmai hayvon orasinda?

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ozodbek Nazarbekov - Orasinda qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Ey dilbarki qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:19Скачать
Sherali Jo`rayev - Nozik qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:01Скачать
O`ktam Hakimov - O`zbekiston qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:48Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Orasinda128 kbps2-09-2016, 10:18Скачать
Bo'ston - Bumbum128 kbps1-05-2015, 14:28Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.