G'ulomjon Yoqubov - Kechalar qo'shiq matni

Kechalar yulduz sanab,
Yulduz ko`zing deb yonaman. (x2)
Oy agar chiqsa qarab,
Vaslingmi deb to`lg`onaman,
Vaslingmi deb to`lg`onaman. (x2)

Bir guli ro`yomisan,
Dillarda gullar ochasan,
Yoki bir ro`yomisan,
Bir zumda ko`zdan qochasan. {x2}

Yoki bir ro`yomisan,
Bir zumda ko`zdan qochasan. {x2}

Qochma ko`p, barno nigor,
Ishqingni men parvonasi. (x2)
Dilda borin ayla oshkor,
To`ldi sabrim kosasi,
To`ldi sabrim kosasi. (x2)

Sevmasang shaydo etib,
Sen bunda zimdan boqasan?
Dilda ishq paydo etib,
Hajringda o`tdek yoqasan. {x2}

Na bo`lur boqsang qiyo?
Ko`ngilda mehring shunchalar.
Munchalar g`ussang ravo,
Toshdanmi bag`ring shunchalar? {x2}

Men vafo bo`stoni deb,
Berdim ko`ngil sen yor uchun. {x2}
Bu jafo ehsoni deb,
Bir kun muruvvat bor uchun. {x3}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]