Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ozodbek Nazarbekov - Husnu jamol ichinda qo'shiq matni

Ozodbek Nazarbekov - Husnu jamol ichinda qo'shiq matni

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor. (x2)

Umrinda gul yuzunga o`zun bir dam o`xshatib,
Bo`lmish araqta g`arq, hanuz infioli bor.

Gulgun qabo netak quchar ul inchka belni,
Afsun o`qurmu yoxud oning o`zga oli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.

Ilgin o`pub oyoqina ko`nglak yengi tushar,
Bilmon, aning boshinda dog`i ne xayoli bor?

Og`zini bor desam, aning hech vujudi yo`q,
Belini yo`q desam, vale ehtimoli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.

Zulfuni tong nasimi tushurmish qulog`ina,
Bu so`zni bir aytqali kimning majoli bor!

Nuqsoni bor har ishta bechora Lutfiyning,
Dilbar jamoli vasfida lekin kamoli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]