Ozodbek Nazarbekov - Keldim qo'shiq matni

Parvona keldim, sultona keldim,
Devona keldim, qurbona keldim. (x2)

Jamoling sham'ina parvona keldim,
Firoq o`tina yona-yona keldim.

Firoqing zulmidin dod istamakka,
Seningtek nozanin sultona keldim.

Pari ruxsora, sentek dilraboni
Ko`royin deb, meni devona keldim.

Labingdin so`rg`ali keldim tabuqda,
Xizrdek chashmai hayvona keldim.

Parvona keldim, sultona keldim,
Devona keldim, qurbona keldim. (x2)

Yuzungning hajridin jonimg`a yettim,
Aning uchun seningtek jona keldim.
Qoshing yosin ko`rub iyd oyidur deb,
Qoshingda Lutfiydek qurbona keldim. (x2)

Pari ruxsora, sentek dilraboni
Ko`royin deb, meni devona keldim.

Parvona keldim, sultona keldim,
Devona keldim, qurbona keldim. (x2)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ozodbek Nazarbekov - Keldim qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Asliddin Do'stov - Keldim qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:51Скачать
Yulduz Turdieva - Ona men keldim degin qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:48Скачать
Vohidjon Isoqov - O’tov qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:10Скачать
Otajon Hudoyshukurov - Sog’inib qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:50Скачать
Ja'far - Keldim128 kbps3-06-2015, 20:07Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.