Shahzoda - Unutmadim qo'shiq matni

Yonimga tunda kelasan o`t yoqib,
Mendan mehring ayamaysan.
Sening kuchli qo`llaringda men erib,
Jonim, deb shivirlasam.

Yonimga tunda kelasan qo`l ochib,
So`ramasdan sen o`pasan.
Yarim kechada bo`lsa ham, sim qoqib,
Yulduzlarga boshlaysan.

Sen go`zalim, sen asalim,
Deb aytding, yolg`izim.
Bu so`zlardan seni eslab uyg`ondim.

Men unutib bo`ldim so`zlaringni,
Men unutib bo`ldim ko`zlaringni,
Bedor kechalarda unutmadim
Qo`llaringni, qo`llaringni.

Men unutib bo`ldim alamlarni,
Men unutib bo`ldim ko`z yoshlarni,
Lekin mehringni, nega, bilmadim,
Unutmadim, unutmadim!

Mendan uzrlar so`raysan o`tinib,
Sababini sen bilasan.
Ko`zlarimga boqqaningda men erib,
Jonim, deb shivirlasam.

Menga gullarni tutasan chin dildan,
Maqsadlaring yashirmaysan.
Men o`zimni unutganman qo`lingda
Va to`sqinlik qilmayman.

Sen go`zalim, sen asalim,
Deb aytding, yolg`izim.
Bu so`zlardan seni eslab uyg`ondim.

Men unutib bo`ldim so`zlaringni,
Men unutib bo`ldim ko`zlaringni,
Bedor kechalarda unutmadim
Qo`llaringni, qo`llaringni.
Men unutib bo`ldim alamlarni,
Men unutib bo`ldim ko`z yoshlarni,
Lekin mehringni, nega, bilmadim,
Unutmadim, unutmadim! (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]