Shahzoda - Umidvor qo'shiq matni

Inson yaraldi – o`tar yillar to`xtamaydi,
Dunyoda hech kimsa taqdirini bilmaydi,
Esga kirgandan beri insonning qalbida orzu.

Bilsang, hayot, bag`ringda senga termulib,
Inson qo`ldan kelgancha yashaydi intilib,
Unutma, hayot, iltijo sendan – inson umidvor.

Umidvor, umidvor, umidvor,
Umidvor, har yurak umidvor.

Hayot, bir umrga kelib tursin rahming,
Shamolday esib, o`tmasin bergan baxting,
Yomg`irday yog`ilib tursin iltifotlaring.

Hayot, o`chir insondan armon ofatini,
Bergin bedor tunlarining mukofotini,
Hayot, qo`lingga ol insonni, qilma intizor.

Umidvor, umidvor, umidvor,
Umidvor, har yurak umidvor.

Hayot, sinovingdan dodlab, yurak behol,
Yopilmasin ko`zlari umidvor,
Umidvor, umidvor, umidvor.

Umidvor...

Umidvor, umidvor, umidvor,
Umidvor, har yurak umidvor.

Hayot, sinovingdan dodlab, yurak behol,
Yopilmasin ko`zlari umidvor,
Umidvor, umidvor, umidvor.

Hayot, bir umrga kelib tursin rahming...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]