Kamoliddin Rahmatov - Qo'shiqlarim bor qo'shiq matni
Qo`ldan tushmas sozim, ey do`st, bir nafas,
Kuylasam dardlarim, bedard anglamas.
Qo`ldan tushmas sozim, ey do`st, bir nafas,
Kuylayman dardlarim, bedard anglamas.
Chaman bulbulari qilgudek havas,
Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)
Deydilar: bulbulga gul bo`lsa bo`ldi,
Ko`ngil izhoriga til bo`lsa bo`ldi, (x2)
Menga meni tinglar el bo`lsa bo`ldi,
Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)
Yomonlar zulmidan afg`ona ohim,
Qo`shiq aytmoq bo`ldi yolgiz gunohim. (x2)
Yomonlarga insof bergil Ollohim,
Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)
Vafo qilmas soxta shuhrat-e'tibor,
Olloh uzi aziz qilmasa bekor. (x2)
Qalbimda, ey Karim, toza beg`ubor,
Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor. (x2)
Hali aytilmagan qo`shiqlarim bor... {x2}
Читать также
Комментарии (0)