Lobar Umarova - Mahallada qo'shiq matni

Oydinda ayvonimga chiqqanim balo bo`ldi,
Qayrilma qoshga kiprik yetgani jafo bo`ldi.
Ostonamdan bir qadam ketmay yo`lim poylaydi-ey, {x2}
Shu o`jar yigitni man sevganim balo bo`ldi. {x2}
Sevganim balo bo`ldi.

Mahallada sevgimiz bilmagan kim qoldi, yor?
Otam darvozamizga-ey yana zanjir soldi, yor. (x2)

Ochilmagan g`unchalar devor osha sochilar,
Bargini silay desam, tikanlari sanchilar.
Sevgi dardi bu shirin jonni o`rtar bunchalar, {x2}
Man bunda zor, unda yor toqati ado bo`ldi. {x2}
Toqati ado bo`ldi.

Mahallada sevgimiz bilmagan kim qoldi, yor?
Otam darvozamizga-ey yana zanjir soldi, yor. (x2)

Yorga ayt, degan so`zni kimga aytganding, shamol?
Salom olib kelmading, kutgan edim jon misol. (x2)
Dildagi dardim aytib tun-kecha chalsam dutor,
Dardlarim aytib-aytib tun-kecha chalsam dutor,
Jonni uzib olgudek bir ajib navo bo`ldi. {x2}
Bir ajib navo bo`ldi.

Mahallada sevgimiz bilmagan kim qoldi, yor?
Otam darvozamizga-ey yana zanjir soldi, yor. (x2+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]