Jahongir Otajonov - Bilmadim qo'shiq matni
Falak menga g`am bodasin bergandan,
Visol qaysi, hijron qaysi, bilmadim.
Haq ishiga tan bermishman ko`rgandan,
Orzu qaysi, armon qaysi, bilmadim.
Banda bo`lsang, ko`zla haqning rizosin,
Gar jabr qilsa, torta bergil jazosin.
Ajal bir kun otar tiyri qazosin,
Ipi qaysi, kamon qaysi, bilmadim.
Orif bo`lsang, quloq solgil so`zimga,
Bir suratman, bu kun boqma o`zimga.
Dunyo tubsiz ko`rinadi ko`zimga,
Davr qaysi, davron qaysi, bilmadim.
Oz umrimni ko`p savdoga sotibman,
O`zni bilmay, ul daryoga otibman.
Na ummondir, na girdobdir, yotibman,
Zamin qaysi, zamon qaysi, bilmadim.
Har kim kirsa u girdobga, ummonga,
Boshin olib chiqa bilmas bir yonga,
Qadam qo`ydim ul sahroga – maydonga,
Jon qaysi-yu, jahon qaysi, bilmadim.
Читать также
Комментарии (0)