Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sanobar Rahmonova - O'zingizni ehtiyot qiling qo'shiq matni

Sanobar Rahmonova - O'zingizni ehtiyot qiling qo'shiq matni

Azizlarim, mehribonlarim,
Do`stu yoron, qadrdonlarim, (x2)
Joningizga kuyar jonlarim,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Tiriklik deb cho`kkan otalar,
Ro`zg`orim deb shoshgan onalar, (x2)
Joningizga kuymas bolalar,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Do`st tomonga talpining har dam,
Ko`ring quvonch-tashvishni baham, (x2)
Odam taftin oladi odam,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

G`am kelganda kuyunib ketmang,
Baxt kelganda suyunib ketmang, (x2)
Sokin yashang, osuda yashang,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Shukur do`stlar, boringiz uchun,
Farzand, jigar, yoringiz uchun, (x2)
Mendek xaridoringiz uchun
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

O`zingizni ehtiyot qiling,
Ey, o`zingizni ehtiyot qiling.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]