Yodgor Sa'diyev - Ko'zlaringni yashirma qo'shiq matni

Nargiz chehra oromijon, ko`zlaringni yashirma,
Senga bo`lsin jonim qurbon, ko`zlaringni yashirma.

Tortinmasdan bergil javob, ko`zlaringni yashirma,
Sof sevgingni tutib pinhon, ko`zlaringni yashirma. {x2}

Payvasta qosh, kiprigi o`q, sen mohitob janona,
Har sohada, malohatda o`zingmishsan yagona.

Senga nogoh ko`zim tushsa, malaksiymo marjona,
Qalbim siri bo`lgay oshkor, ko`zlaringni yashirma. (x2)

Ijozat ber, sening bilan birlikda suray davron, {x2}
Har boqishing dilga orom, ko`zlaringni yashirma,
Bir boqishing dilga orom, ko`zlaringni yashirma.

Sizga atab g`azal yozsam, misralar keldi ravon,
Surishaylik birga davron, ko`zlaringni yashirma.

Ko`zlaringni yashirma.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]