Sherali Jo'rayev - Turnalar qo'shiq matni
Bir nafas havoda qoqmangiz qanot,
 So`zim bordir maning sizga, turnalar.
 Qatorlashib ne diyordan kelursiz?
 Bir xabar bersangiz bizga, turnalar.
Turnalar, turnalar, turnalar... {x2}
Necha kunki yorning firoqindaman,
 Parvonadek husni charog`indaman,
 Bir olov ko`zlining so`rog`indaman,
 Ko`rinurmu qarang ko`zga, turnalar.
Turnalar, turnalar, turnalar... {x2}
Men sevganman shahlo ko`zning surmasin,
 Bir badnazar ko`rib, ziyon bermasin.
 Xushyor uching, lochin bexos ko`rmasin,
 Qo`rqaman, safingiz buzar, turnalar.
Turnalar, turnalar, turnalar... {x2}
Nozlanib-nozlanib yoyasiz ovoz,
 Ko`ngillar zavqidan bo`lar sarfaroz.
 Voqifning ham ko`ngli ko`p etar parvoz,
 Sizlar bilan birga-birga turnalar.
Voqifning ham ko`ngli ko`p etar parvoz,
 Sizlar bilan birga-birga turnalar.
Turnalar, turnalar, turnalar... {x3}

