Tohir Mahkamov - Dunyo qo'shiq matni

Uni qimorboz deydilar. Ha, to`g`ri, u qimorboz.
Faqat u o`ynagan qimorda pul emas, dil tikiladi.
Yutsa dil oladi, yutqazsa dil beradi.
Bu uning qo`shig`i, bu sizning qo`shig`ingiz, bu bizning qo`shig`imiz!

Dil tikib, otdim oshiq,
Yutgan dilim oladi.
So`ndi dildagi gulxan,
Yonsa qabrim yonadi.

Dunyo, dunyo sizga qoladi!

Ustun bo`ling dunyoga,
Omad sizga bo`lsin yor.
Nomardga do`st bo`lgandan
O`lganim yaxshi, dunyo!

Dunyo, dunyo sizga qoladi!

Endi sizga ginam yo`q,
Do`st, sevmoq og`ir xato.
Mendek telba darveshni
Ko`p ko`rgan ko`hna dunyo!

Dunyo, dunyo sizga qoladi!

Yo Jamshid bor, Xudo yor,
Tanim tuproq oladi.
Hatto yetimcha ruhim
Sizni qarg`ab qoladi.

Dunyo, dunyo sizga qoladi!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]