Bojalar guruhi - Rock'n roll qo'shiq matni

Davrada bo`l sekingina darrov,
Koshonaga “Bojalar” kelganida birrov.
Dasturxonning atrofida turib olib nariroq,
Chap-chap, o`ng-chap qimirlagin sho`xroq.

Harakating tarafiga bale-bale, dod-ay,
Agar bo`lsa ashulam xayolingda yod-ay.
Qo`shilgancha kuyla-kuyla kara-karaoke,
Vaziyatdan foydalanib armoningni tortay.

Sozandalar chalishadi taronani, nar-ey,
Sakraganda, charchaganda aytay sanga tar-ey.
Mahorating zo`r-ey, mahorating zo`r-ey,
Bu yog`iga bo`sh kelma, yor-ey, yor-ey.

Sochlari mayda janon-ey,
Qoshlari kamon ofat-ey.
O`yna-o`ynayveradi, kuyla-kuylayveradi,
Qaddi-qomati go`zal-ey.

“Chaga-chaga” yelkalarni qimirlatgin jonidan,
Uch metrdan uzoqlashma san'atkorning yonidan.
Fayzini ol-ey qobiliyat maydonidan,
O`-o`-o`, raka-taka-tamde.

Oyoq-qo`lni ishga solib, doim bo`lsa harakat,
Bekorga ketmaydi “trenajor”ga harajat.
Hunaringni ko`rsat, hunaringni ko`rsat,
Ou-ou, ey maxfirat.

Sozandalar chalishadi taronani, nar-ey,
Sakraganda, charchaganda aytay sanga tar-ey.
Mahorating zo`r-ey, mahorating zo`r-ey,
Bu yog`iga bo`sh kelma, yor-ey, yor-ey.

Sochlari mayda janon-ey,
Qoshlari kamon ofat-ey.
O`yna-o`ynayveradi, kuyla-kuylayveradi,
Qaddi-qomati go`zal-ey. (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]