Botir Qodirov - Halima qo'shiq matni

Manga yaxshi so`zlar aytgin, so`zlari qaymogim.
Mehr-la boqqin mani ko`zimga, ko`zlari chaqmogim.
Dilimni o`rtar olovingda yondirishing bisyor,
Boshqalarga nigohing burma chaqirgan chog`im.

Xayoling kimda, xayoling kimda?
Yo`lingni poylab, jonim, ado bo`ldimda.
Xayoling kimda sening, xayoling kimda?
Qaysarligingdan seni rosa to`ydimda.

Oy Halima, Halima, achinmaysan holima,
Voy Halima, Halima, kulmagin ahvolima. (x2)

Baribir meniki bo`lasan, labingni burma,
Seni o`zgaga bermasman ham, xayollar surma.
Mani rashq olovida kuydirma bunchalar,
Atayin o`zgalarga boqib, mani kuydirma.

Xayoling kimda, xayoling kimda?
Yo`lingni poylab, jonim, ado bo`ldimda.
Xayoling kimda sening, xayoling kimda?
Qaysarligingdan seni rosa to`ydimda.

Oy Halima, Halima, achinmaysan holima,
Voy Halima, Halima, kulmagin ahvolima. (x2)

So`zimga ranjib uyushlaring qo`y bodom qovog`ing,
Erkalasam, bunchalar qizaradi yanog`ing.
So`zing shaddod bo`lishing bilan nozik fe'ling bor,
Yonimda tursang sezilar hayajonli titrog`ing.

Xayoling kimda, xayoling kimda?
Yo`lingni poylab, jonim, ado bo`ldimda.
Xayoling kimda sening, xayoling kimda?
Qaysarligingdan seni rosa to`ydimda.

Oy Halima, Halima, achinmaysan holima,
Voy Halima, Halima, kulmagin ahvolima. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]