Shahzoda - Yo'q-yo'q qo'shiq matni
Ayriliqning berahm azobidan,
 Qayg`ular to`la qalbimda.
 Ne bo`ldi bizga axir, jonginam,
 Men alamda, sen arazda?
Ataylab sabru-bardoshim sinab,
 Sen meni buncha qiynaysan?
 Men aniq bilaman, sen baribir
 Meni sevasan, meni sevasan!
Yo`q, yo`q, yo`q!
 Yo`q, yo`q, mensiz yasholmaysan,
 Yo`q, mensiz turolmaysan.
 Yo`q, meni o`ylab,
 Tunlar bedor uxlolmaysan.
Yo`q, yo`q, mensiz yasholmaysan,
 Yo`q, mensiz uxlolmaysan.
 Yo`q, meni bir zum
 O`ylamasdan turolmaysan, yo`q!
Seni balki unutardim, ammo
 Hech iloji yo`qdir buni.
 Chunki taqdir uchratdi, jonginam,
 Menga seni, senga meni.
Ne bo`lsa ham, sen sog`inchingni
 Mendan yashira olmaysan.
 Chunki men ko`zlaringda ko`raman:
 Meni sevasan, meni sevasan!
Yo`q, yo`q, yo`q!
 Yo`q, yo`q, mensiz yasholmaysan,
 Yo`q, mensiz turolmaysan.
 Yo`q, meni o`ylab,
 Tunlar bedor uxlolmaysan.
 Yo`q, yo`q, mensiz yasholmaysan,
 Yo`q, mensiz uxlolmaysan.
 Yo`q, meni bir zum
 O`ylamasdan turolmaysan, yo`q, yo`q, yo`q! (x2)

