Sherali Jo'rayev - Nargiz qo'shiq matni
Nargiz, Nargiz – sevgim yo`ldoshi,
Hayotimning avvali, boshi. (x2)
Ovoz bergil, ovoz, qaydasan?
Nargiz, Nargiz – baxtim quyoshi.
Oftob, oftob xabar ber, oftob,
Qani Nargiz, qani mohitob?
Qani o`zing yozgan poyandoz?
Qani Nargiz, axir ber javob?
Azobimga tezroq chora qil,
Zolimlarning yuzin qora qil. (x2)
Nargizimni ko`rsat avaylab,
Bulutlarni pora-pora qil.
Nargiz, Nargiz – sevgim yo`ldoshi,
Hayotimning avvali, boshi.
Ovoz bergil, ovoz, qaydasan?
Nargiz, Nargiz – sevgim yo`ldoshi. {x2}
Читать также
Комментарии (0)