Yulduz Usmonova - Lov-lov qo'shiq matni

Lov-lov yonaman,
Sensiz o`zimdan tonaman.
Yor, diydoring bo`lsa armon,
Alamim kimdan olaman? (x2)
Alamim kimdan olaman?

Erkatoyim, qancha erkalasam ham,
Eritishim qiyin sani, sani-yey.
Boshginangga balo bo`lganimda ham,
Faqat to`g`ri tushun mani, mani-yey.

Boshginangga balo bo`lganimda ham,
Faqat to`g`ri tushun mani, mani-yey.

Lov-lov yonaman,
Sensiz o`zimdan tonaman.
Yor, diydoring bo`lsa armon,
Alamim kimdan olaman? (x2)
Alamim kimdan olaman?

Ko`zimning oq-qoraginasi,
Shukur saning boringga.
Yurakkinam nolaginasi,
O`zim bo`lay toring-da!

Qayda bo`lmay sevging mani
Yo`ldan urib ketyapti.
Shirin choyday, jonginam, sani
Ichib qo`ygim kelyapti.

Shirin choyday, jonginam, sani
Ichib qo`ygim kelyapti.

Lov-lov yonaman,
Sensiz o`zimdan tonaman.
Yor, diydoring bo`lsa armon,
Alamim kimdan olaman? (x2)
Alamim kimdan olaman?

Seni topgan o`sha kunimdan
Devonadan farqim yo`q.
Hayotda har yurgan yo`limda
Sendan boshqa dardim yo`q.

Qayda bo`lmay sevging mani
Yo`ldan urib ketyapti.
Shirin choyday, jonginam, sani
Ichib qo`ygim kelyapti.

Shirin choyday, jonginam, sani
Ichib qo`ygim kelyapti.

Lov-lov yonaman,
Sensiz o`zimdan tonaman.
Yor, diydoring bo`lsa armon,
Alamim kimdan olaman? (x2)
Alamim kimdan olaman?

Lov-lov yonaman,
Sensiz o`zimdan tonaman.
Yor, diydoring bo`lsa armon,
Alamim kimdan olaman? (x2)
Alamim kimdan olaman?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]