Sobirjon Mo'minov - Bika mani yonima qo'shiq matni

Man sevgan qiz o`zbegimning go`zali,
Qoshi kamon, kiprigi yoy misoli.
Uyaltirar oyni boqsa jamoli,
Bilman qayda ekan hozir xayoli?

Uyaltirar oyni boqsa jamoli,
Bilman qayda ekan hozir xayoli?

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x2)

Uzoqlardan jim qayrilib boqarsiz,
Muloyimlik bilan ko`nglim toparsiz. (x2)
Menga azob berib orom olarsiz, {x2}
Qachongacha yana sabrim sinarsiz? {x2}

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x2)

Achchig`i – bol so`zlarin adosiman,
Tig`day o`tkir qarashin shaydosiman. (x2)
Tildan chiqar mehrining gadosiman,
Yurakdagi zarbining sadosiman. (x2)

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x4)

Комментарии (1)
Abdumalik 10.12.25
Ustoz Sobirjonaka Mo‘minov qo‘shiqlari menga manzur chunki Ustozning har bir ijro qilgan qo‘shiqlarini takrorlab boraman
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: uzhits.net@mail.ru