Bojalar guruhi - Salma qo'shiq matni

Uchaman desam, qanotim yo`q,
Dardima darmon topaman,
Deb olamni kezdim,
Har kim bor, lek sen yo`q.

Olib boradi mening yo`lim qay ko`yga,
Jamolingni xush ko`raman,
Deb o`zimdan oshdim,
Talpinaman hozir manzillaringga.

Sendadir o`y-xayollarim
Qayda bo`lsam ham. (aniq, beshubha)
Bo`ldim bemor, g`arib,
Qalbim to`la dardu-g`am. (qalb to`la dard, g`am)

Salma, salama,
Solma meni har ko`yga, dilozorim.
Salma, salama,
Kel ko`ngil bahorimga, go`zal yoronim.

Salma, salama... {x2}

Yugurib, chopib umrim o`tar,
Yonarim, kuyarim bitmas hech.
Saharda turmoq oddiy hol,
Yuragim yig`lar.

Qidiradi seni ko`zlarim tinmay,
Hech qaysi vaqt emas kech.
Maqsad yaqin, boraman
Ortimga qaramay.

Sendadir o`y-xayollarim
Qayda bo`lsam ham. (aniq, beshubha)
Bo`ldim bemor, g`arib,
Qalbim to`la dardu-g`am. (qalb to`la dard, g`am)

Salma, salama,
Solma meni har ko`yga, dilozorim.
Salma, salama,
Kel ko`ngil bahorimga, go`zal yoronim.

Salma, salama... {x2}

Salma, salama,
Solma meni har ko`yga, dilozorim.
Salma, salama,
Kel ko`ngil bahorimga, go`zal yoronim. (x2)

Salma, salama... {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]