Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbat (2016) qo'shiq matni
Qalamqoshli go`zal nigor,
Senga qalbim etay oshkor.
Majnun o`zim, sensan Layli,
Ishqing bilan yonsam mayli.
Qora ko`zlar, cho`g` qaroqlar,
Dilga solar zo`r firoqlar.
Bu qaroqlar boldek yoqdi,
Yuragimda sevgi oqdi.
Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.
Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)
Nigohingda fasli bahor,
Sarsoningman Layli nahor.
Lablaringni g`uncha etding,
Buncha menga jabr etding?
Shirin so`zlar, gul dudoqlar,
Men oshiqdan jon so`roqlar.
Bu dudoqlar boldek yoqdi,
Yuragimda sevgi oqdi.
Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.
Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)
Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.
Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)