Bedor guruhi - Bevafo qo'shiq matni
Endi ne bo`lsa bo`lgin, ortga qayta olmayman,
Umidim so`ngan, g`ururim xatlab o`tolmayman.
Ikkimizni uchrashtirgan o`sha kunni unuta olmayman,
Yuragimdagi ismingni o`chira olmayman.
Olib ketgin dardlarimni o`zing bilan, bevafo,
Qalbimdagi yonayotgan tuyg`ularni olib ket, bevafo. (x2)
Nafosatidan ayirib ketdiku, bevafo,
Tuyg`ularimni bilmay, yo`llarimiz qilib ketdi ayro.
Endi ne qilaman, ko`rganing shu bo`lsa menga ravo?
Sovuqlarda qoldirib ketarsan, muzlab qolaman endi.
Va'dangga qilmading jafo,
Senga qaytmayman, eslab qol, alvido!
Ketaver, dilrabo.
Ha, mayli tugasin hammasi,
Shudir balki menga bergan taqdir zarbasi.
Ne qilaman, faqat chidayman,
Ortga lek, hech qachon qaytmayman.
Ko`zlarimda yosh to`ladi dardlarim bilan,
Dardim bor, dardim aytolmayman.
Suratlaringdan boshqa yaxshi sirdosh sira topa olmayman.
Axir bilar eding, hayot yo`q endi, qora ko`zlaringsiz,
Axir bilar eding, hayot yo`q edi iforlaringsiz.
Endi yolg`izman, endi sensizman,
Yashagim kelmas jismingsiz.
Olib ketgin dardlarimni o`zing bilan, bevafo,
Qalbimdagi yonayotgan tuyg`ularni olib ket, bevafo. (x2)