Bojalar guruhi - Shukur qo'shiq matni
Shukur Olloh, valhamdulillah,
Shukur Olloh, valhamdulillah. (x2)
Inson yaralgandan boshlab yerning yuzida
Kimdir shukur qilar, kimdir yashar nolishdan.
Sabr qilgan inson qolar rohatda,
Noshukurning umri iborat iztirobdan.
Har olgan nafasga aytgin hamdu-sanolar,
Dilda iymon butun bo`lsa, baxt shu sanalar.
Bugunga yetmagan va bordir ko`rmaganlar,
Vatanning tinchligin yig`lab orzu qilganlar.
Shukur Olloh, valhamdulillah,
Shukur Olloh, valhamdulillah. (x2+x2)
Xaromlik ortidan topilgan nondan ko`ra
Halol mehnat bilan bir bo`lak ushoq afzal.
Xiyonat va xasad noshukurlikdan kelar,
Inson o`zi yaqinlari begona qilar.
Ko`zing nuri borki Qur'onni o`qiy olasan,
Quloqlaring borki salovat tinglay olasan.
Molu-davlat bo`lib, shu ne'matlar bo`lmasa,
Aytgin, hayotdan qanday huzur olasan?
Shukur Olloh, valhamdulillah,
Shukur Olloh, valhamdulillah. (x2)