Tohir Mahkamov - Oshiq qilgil qo'shiq matni
Ishq dardini talab qildim, darmoni yo`q,
Ishq yo`lida jon berganning armoni yo`q,
Bu yo`llarda jon bermasang, imkoni yo`q,
Har ne qilsang oshiq qilg`il, Parvardigor!
Qaydin topay, ishqing tushdi, qarorim yo`q,
Ishq sadosin tun-u kun-u qo`yorim yo`q,
Dargohingdan o`zga yerga bororim yo`q,
Har ne qilsang oshiq qilg`il, Parvardigor!
Ishq bozori ulug` bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o`zga g`avg`o harom,
Ishq yo`lig`a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg`il, Parvardigor!
Oshiqlikni da'vo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib, Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg`il, Parvardigor!
Читать также
Комментарии (0)