Bobur Pirmatov - Nimam bor qo'shiq matni
Ko`zlaringga qarab aqlimdan ozdim,
Bilmadim ularda nimani topdim.
Seni hali yaqindan bilmay
Yuragimga joyladim.
Taxminan to`satni taqdirga soldim,
Aniq u kunini ko`rarim.
Bila turib oxir-oqibatini,
Tuyg`ularga berildim.
O`-o`-o`, o`-o`, yaxshi ko`rib nimam bor,
O`-o`-o`, o`-o`, ko`ngil berib nimam bor?
O`-o`-o`, o`-o`, bemor yuragim mayda,
O`-o`-o`, o`-o`, kechagi beg`am kunim qayda?
Noma'lum, nima o`zi u muhabbat?
Ayriliq holatida dardu ofat.
Ko`ngil qo`ydingmi – holingga voy,
Izla o`zingda toqat.
So`rab o`tirmasdan hech kimdan ruxsat,
Qoldirib tanda jarohat,
Devonasifat etib, gilga qorib,
Yana chorlar muhabbat.
O`-o`-o`, o`-o`, yaxshi ko`rib nimam bor,
O`-o`-o`, o`-o`, ko`ngil berib nimam bor?
O`-o`-o`, o`-o`, bemor yuragim mayda,
O`-o`-o`, o`-o`, kechagi beg`am kunim qayda? (x1+x1)