Tohir Mahkamov - Meni tashlab ketmagin qo'shiq matni

Kipriklaring ko`z yoshlardan egildi,
Mening qalbim alamlardan ezildi, (x2)
Qo`shiqlarim faryodlardan uzildi,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin. (x2)

Muhabbatni ardoqlagan bor bo`lsin,
Ikki dilni ajratganlar xor bo`lsin,
Muhabbatni ardoqlagan bor bo`lsin,
Ikkimizni ajratganlar xor bo`lsin,
Bir umrga sevgiga u zor bo`lsin,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin.

Kel, kelaqol, yuragimning darmoni,
Sevib yetolmagan qalbim armoni, (x2)
Bo`lmagin sen yolg`onchilarning yori,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin. (x2)

Ketma jonim, meni tashlab ketmagin... {x4}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]